Mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirish orqali mikromoliya bankini tashkil etish banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan bank faoliyatiga ruxsat berish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mikromoliya tashkiloti o'z faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirish uchun aktsiyadorlik jamiyati tashkiliy-huquqiy shakliga ega bo'lishi kerak.
Mikromoliya tashkiloti o'z faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirishi uchun uning o'z faoliyatidagi islomiy moliya standartlariga muvofiq bo'lmagan aktivlar va majburiyatlardan xalos bo'lishi talab etiladi.
Mikromoliya bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi mikromoliya bankini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran o'n ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
aktsiyadorning (aktsiyadorlarning) mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirish orqali mikromoliya bankini tashkil etish to'g'risidagi qarorini;
ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining uchinchi, beshinchi — o'n to'rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni;
ariza mikromoliya tashkiloti faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirish uchun taqdim etilgan taqdirda, qo'shimcha ravishda ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni;
mikromoliya bankining ustav kapitalida chet el banki ishtirok etgan taqdirda ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni.
Mikromoliya bankini davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya olish uchun ariza beruvchi mikromoliya bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olganidan keyin olti oydan kechiktirmay Markaziy bankka ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida va ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarning elektron shakldagi ko'chirma nusxalarini taqdim etadi.
Markaziy bank tomonidan mikromoliya bankini davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur qaror qabul qilingan kundan e'tiboran besh ish kuni ichida mazkur qarorni ilova qilgan holda, Markaziy bank mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirilayotganligi munosabati bilan mikromoliya tashkilotini Tadbirkorlik sub'yektlarining yagona davlat reyestridan chiqarish to'g'risida davlat xizmatlari markaziga iltimosnoma kiritadi.
Davlat xizmatlari markazi mikromoliya bankini davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish to'g'risidagi qaror olingan kundan e'tiboran ikki ish kuni ichida mikromoliya tashkiloti to'g'risidagi yozuvni Tadbirkorlik sub'yektlarining yagona davlat reyestridan chiqaradi va bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Markaziy bankni xabardor qiladi.
Markaziy bank davlat xizmatlari markazi tomonidan mikromoliya tashkiloti to'g'risidagi yozuv Tadbirkorlik sub'yektlarining yagona davlat reyestridan chiqarilgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida:
mikromoliya tashkiloti to'g'risidagi ma'lumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan chiqaradi;
mikromoliya bankini davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiradi;
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirilganligi bilan bog'liq o'zgartirishlarni kiritadi;
ariza beruvchiga litsenziya beradi.
Litsenziya berilganligi uchun qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va o'zini o'zi band qilgan shaxslarning daromad olishga yo'naltirilgan faoliyati uchun berilgan kreditlarning kredit portfelidagi va (yoki) ko'rsatilgan islomiy moliya operatsiyalarining moliyalashtirish portfelidagi ulushi yetmish foizdan kam bo'lgan mikromoliya tashkiloti faoliyatini o'zgartirish orqali tashkil etilgan mikromoliya banki mazkur kreditlarining va (yoki) islomiy moliya operatsiyalarining ulushini o'z faoliyatini o'zgartirgan kundan e'tiboran ikki yil ichida yetmish foizga yetkazishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
75²-modda. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirish
(75²-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.