«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

75³-modda. Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o'zgartirish»;

(75³-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o'zgartirish: mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o'zgartirishga doir Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olish; berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o'zgartirishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi aktsiyador (aktsiyadorlar) tomonidan faoliyatni o'zgartirish to'g'risidagi qaror qabul qilingan kundan e'tiboran o'n ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: aktsiyadorning (aktsiyadorlarning) mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o'zgartirish to'g'risidagi qarorini; bankning ustavi loyihasini; ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining beshinchi — o'n to'rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni; ariza faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o'zgartirish uchun taqdim etilgan taqdirda, qo'shimcha ravishda ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni; bank ustav kapitalida chet el banki ishtirok etgan taqdirda ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o'zgartirishga doir dastlabki ruxsatnoma olingandan keyin olti oydan kechiktirmay, Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining uchinchi va to'rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni; bankning ustavini ikki nusxada; bank joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi ta'minlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligi va dasturiy ta'minotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi to'g'risidagi xulosasini, bankning joylashgan yeri o'zgargan yoki uning binosi rekonstruktsiya qilingan taqdirda; ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlarning elektron shakldagi nusxalarini. Arizani ko'rib chiqish va ariza beruvchini qabul qilingan qaror to'g'risida xabardor etish bankni tashkil qilishga doir dastlabki ruxsatnomani olish, bankni davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda ushbu Qonunning 19 va 21-moddalarida nazarda tutilgan hollardan tashqari mikromoliya banki tomonidan oxirgi olti oy davomida prudentsial normativlarga rioya etilmaganligi mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o'zgartirishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni yoki berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirishni rad etish uchun asos bo'ladi. Markaziy bank tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank Banklarning davlat reyestriga mikromoliya banki faoliyati bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga o'zgartirilganligi to'g'risidagi tegishli yozuvni kiritadi, shuningdek berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.