Avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri yoxud tovarlarni tayin qilingan joyga tashishga to'sqinlik qiladigan boshqa vaziyatlar oqibatida tashuvchi:
tovarning, transport vositasining butligini saqlash va ulardan foydalanilishiga yo'l qo'ymaslik uchun zarur chora-tadbirlarni ko'rishi;
eng yaqin bojxona organiga tegishli vaziyatlar, tovarning va transport vositasining turgan joyi to'g'risida darhol xabar berishi;
tovarlarni eng yaqin bojxona organiga yoki bojxona organi ko'rsatgan boshqa joyga olib borishi yoxud, agar uning transport vositasi buzilgan bo'lsa, olib borilishini ta'minlashi shart.
Bojxona organi bojxona nazoratini ta'minlash uchun qo'llaniladigan chora-tadbirlarni sodir bo'lgan hodisaning xususiyatiga, tovar sifatining yo'qotilish darajasi va tovar tashilishini amalga oshirayotgan transport vositasining texnik holatiga bog'liq ravishda belgilaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan va bojxona hududida sodir bo'lgan hollar belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Ushbu moddada nazarda tutilgan choralar ko'rilishi munosabati bilan tashuvchi qilgan xarajatlarning o'rni bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn224-modda. Avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri yoxud tovarlarni tashishga to'sqinlik qiladigan boshqa vaziyatlar oqibatida ko'riladigan chora-tadbirlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.