Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan yuk operatsiyalari tovar yetkazib berilgan manzilda shu maqsadlarni amalga oshirish uchun maxsus ajratilgan joylarda va bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi. Yuk operatsiyalarini vakolatli shaxsning yoki tashuvchining yozma arizasiga ko'ra boshqa joylarda va (yoki) qaysi bojxona organining faoliyat ko'rsatish zonasida yuk operatsiyalarini amalga oshirish zarurati tug'ilgan bo'lsa, o'sha bojxona organining belgilangan ish vaqtidan tashqari paytda o'tkazishga shu bojxona organining nazorati ostida yo'l qo'yiladi.
Bojxona nazorati ostidagi tovarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositasi buzilib qolgan taqdirda, uni ushbu Kodeksning 84-moddasida belgilangan vaqtincha saqlash joylarida vaqtincha saqlashga yo'l qo'yiladi. Bunday saqlash muddati bojxona organi tomonidan transport vositasini ta'mirlash uchun ketadigan vaqtdan kelib chiqqan holda belgilanadi, bu muddat tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng ko'p muddatidan oshmasligi lozim.
Tovar bilan yuk operatsiyalarining o'tkazilishi tovarning yo'qotilishiga yoki xossalari o'zgarishiga olib kelishi ehtimoli bo'lgan yoxud shu tovar ustidan bundan buyongi bojxona nazoratini amalga oshirish imkoni bo'lmasligiga sabab bo'lgan taqdirdagina bojxona organi tovar bilan yuk operatsiyalarini o'tkazishni rad etishi mumkin.
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar tushirilib, boshqa transport vositasiga qayta ortilgan taqdirda, mazkur bobda bayon etilgan talablar va shartlarga rioya etishga ushbu tovarni bojxona nazorati ostida bundan buyongi tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn225-modda. Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan yuk operatsiyalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.