Bojxona kodeksi

231-modda. Guvohnomaning amal qilishini tugatish

(231-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: avtotransport vositasi tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda; avtotransport vositalarining milliy davlat ro'yxatidan o'tkazish raqamlari almashganda; guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi hamda guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi to'g'risida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilish talab etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.