Bojxona kodeksi

232-modda. Guvohnomani bekor qilish

(232-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан бешинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Guvohnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi: arizachining guvohnomani bekor qilish to'g'risidagi arizasi; transport vositasining konstruktsiyasi o'zgartirilganligi fakti — guvohnoma konstruktsiyaning turi bo'yicha berilganda; guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda; bojxona organining guvohnoma berish to'g'risidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda. Guvohnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining to'rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi. Guvohnoma bekor qilingan taqdirda u bojxona organiga qaytarilishi va yo'q qilinishi lozim. Guvohnomani bekor qilish to'g'risidagi sud qarori arizachiga va bojxona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Guvohnomani bekor qilish to'g'risidagi bojxona organining qarori arizachiga qaror qabul qilingan kundan e'tiboran bir ish kunidan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot tizimi orqali yetkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.