Bojxona kodeksi

265-modda. Bojxona deklaratsiyasini o'zgartirish, unga qo'shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish

(265-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilgan ma'lumotlarga deklarant tomonidan o'zgartirishlar yoki qo'shimchalar kiritilishi, topshirilgan bojxona deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin. Bojxona deklaratsiyasini o'zgartirish, unga qo'shimcha kiritish va (yoki) uni qaytarib olish deklaratsiya qabul qilinguniga qadar amalga oshirilishi mumkin. Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganidan so'ng o'zgartirish, qo'shimcha kiritish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va (yoki) bekor qilish deklarant bojxona organiga murojaat etganidan keyin yoki bojxona organining talabiga ko'ra amalga oshiriladi. Bojxona deklaratsiyasini o'zgartirish yoki unga qo'shimcha kiritish uning amal qilish doirasini kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin emas. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari o'z tashabbusi bilan, deklarantning yoki uchinchi shaxslarning topshirig'iga yoki iltimosiga ko'ra yozma bojxona deklaratsiyasini to'ldirishga, bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilgan ma'lumotlarni o'zgartirishga yoki ularga qo'shimcha kiritishga haqli emas, bundan bojxona organlarining vakolatiga kiritilgan ma'lumotlarni bojxona deklaratsiyasiga kiritish, shuningdek, agar mashinada ishlov berish uchun foydalaniladigan kodli ma'lumotlar bojxona deklaratsiyasida kodsiz tarzda mavjud bo'lsa, kodli ma'lumotlarni o'zgartirish yoki ularga qo'shimcha kiritish mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.