Bojxona kodeksi

266-modda. Bojxona yuk deklaratsiyasini o'zgartirish, unga qo'shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi

(266-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanganidan va tovarlar muayyan bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin, bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e'tiboran uch yil ichida bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organining talabi bilan yoki vakolatli shaxsning arizasiga ko'ra o'zgartirish, unga qo'shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish mumkin. Agar bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan ko'rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, bojxona yuk deklaratsiyasi tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Olib chiqilayotgan tovarlarga doir bojxona yuk deklaratsiyasi ushbu tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilganidan keyin ham, lekin ular amalda olib chiqilguniga qadar qaytarib olinishi mumkin. Elektron shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasida ko'rsatilgan ma'lumotlarga o'zgartishlar va (yoki) qo'shimchalar kiritish bojxona yuk deklaratsiyasiga tuzatishlar kiritish shaklini rasmiylashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bojxona yuk deklaratsiyalariga o'zgartirishlar, qo'shimchalar kiritish, ularni qaytarib olish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan ushbu moddaga muvofiq belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.