Bojxona kodeksi

30-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari

(30-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari bojxona to'lovlarini to'lash hamda iqtisodiy siyosat choralariga rioya etishdan iboratdir. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin. Eksport bojxona rejimiga muvofiq chiqarilgan tovar bojxona deklaratsiyasi ro'yxatdan o'tkazilgan kuni qanday holatda bo'lsa, amalda shunday holatda bojxona hududidan olib chiqilishi lozim, bundan tovar holatining tabiiy eskirishi yoki tashish va (yoki) saqlash normal sharoitlarida kamayishi oqibatida ro'y bergan o'zgarishlari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.