Bojxona kodeksi

300-modda. Tarif preferentsiyalari

(Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1097-сонли Қонунига асосан 300-модданинг тўртинчи қисмининг чиқарилиш санаси 2026 йил 28 февраль — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.11.2025 й., 03/25/1097/1099-сон)

Tarif preferentsiyalari bojxona bojlarini to'lashdan ozod etish, bojxona bojlari stavkalarini kamaytirish yoki muayyan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni bojxona hududiga preferentsial olib kirish yoki ushbu hududdan preferentsial olib chiqishda kvotalar belgilash tarzida beriladi. O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona bojlari qo'llanilmaydi: O'zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki O'zbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarda ishlab chiqarilgan va ushbu davlatlardan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga; O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va uning bojxona hududidan O'zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki O'zbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarga olib chiqilgan tovarlarga. O'zbekiston Respublikasi erkin savdo zonasini tashkil etish to'g'risida xalqaro shartnoma tuzgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan, agar tovar erkin savdo zonasini tashkil etish to'g'risidagi xalqaro shartnoma ishtirokchilari bo'lgan davlatlardan birining rezidenti tomonidan eksport qilinayotgan bo'lsa va ushbu shartnoma ishtirokchisi bo'lgan davlatning rezidenti tomonidan shartnoma ishtirokchisi bo'lgan boshqa davlatning bojxona hududidan olib kirilgan bo'lsa, bojxona bojlari qo'llanilmaydi. Bunda rezident deganda shu davlat hududida tashkil etilgan tashkilot yoxud shu davlat hududida doimiy yashaydigan jismoniy shaxs tushuniladi. Boshqa hollarda boj tarifiga muvofiq bojxona boji stavkasi qo'llaniladi. Tarif preferentsiyalari ushbu Kodeksning 50-bobi qoidalariga rioya etgan holda beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.