Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usuldan quyidagi hollarda bojxona qiymatini aniqlash uchun foydalanilishi mumkin emas, agar:
sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga bo'lgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud bo'lsa, bundan qonunchilikda belgilangan cheklovlar yoxud tovar qayta sotilishi mumkin bo'lgan geografik mintaqadagi cheklovlar yoki tovarning qiymatiga jiddiy ta'sir ko'rsatmaydigan cheklovlar mustasno;
tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega bo'lmagan bitim bo'yicha olib kirilgan bo'lsa;
sotish yoki bitimning bahosi ta'sirini hisobga olish mumkin bo'lmagan shartlarga rioya etilishiga bog'liq bo'lsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari);
tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan tushgan tushumning istalgan qismi sotuvchiga bevosita yoki bilvosita o'tsa va bunda tovarning qiymatiga ushbu Kodeksning 304-moddasiga muvofiq tegishli tuzatishlarni kiritish mumkin bo'lmasa;
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan ma'lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan bo'lmasa;
bitimning taraflari (sotib oluvchi va sotuvchi) bir-biriga o'zaro bog'liq shaxslar bo'lsa, bundan ularning o'zaro bog'liqligi bitimning bahosiga ta'sir etmagan hollar mustasno, bu esa deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan isbotlanishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn306-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usuldan foydalanish bo'yicha cheklovlar
(306-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.