Bojxona kodeksi

307-modda. O'zaro bog'liq shaxslar

(307-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

O'zaro bog'liq shaxslar deganda quyidagi belgilarning hech bo'lmaganda bittasiga mos keladigan shaxslar tushuniladi: bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) yoki bitim taraflaridan birining mansabdor shaxsi ayni vaqtda bitim boshqa tarafining mansabdor shaxsi bo'lsa; bitim taraflari yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar bo'lsa; bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) boshqa taraf bilan mehnat munosabatlari bo'yicha bog'liq bo'lsa; bitim taraflarining biri bitim boshqa ishtirokchisining ustav fondida (ustav kapitalida) ovoz berish huquqi bilan ustav fondining (ustav kapitalining) kamida besh foizini tashkil etuvchi hissaga (payga) egalik qilsa yoki aktsiyalarining egasi bo'lsa; bitimning har ikkala tarafi bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxs tomonidan nazorat qilinayotgan bo'lsa; bitimning taraflari bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxsni nazorat qilayotgan bo'lsa; bitimning bir tarafi va (yoki) uning mansabdor shaxsi bevosita yoki bilvosita bitimning ikkinchi tarafini nazorat qilayotgan bo'lsa; bitim taraflari va (yoki) ularning mansabdor shaxslari qarindosh bo'lsa. Shartnoma munosabatlarining taraflari bo'lgan, foyda olish maqsadida faoliyatni amalga oshiradigan hamda ushbu faoliyat davomida barcha xarajatlarni va zararlarni birgalikda o'z zimmasiga oladigan vakolatli shaxslar yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar deb hisoblanadi. Agar bunday shaxslardan biri boshqasining yagona agenti yoki yagona distribyutori yoxud yagona kontsessioneri bo'lsa, ular ushbu moddaning maqsadlari uchun o'zaro bog'liq deb hisoblanadi. Shaxs boshqa shaxsning xatti-harakatlarini amaliy yoki huquqiy jihatdan cheklasa yoxud nazorat qilsa, u boshqa shaxsni boshqaruvchi shaxs deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.