Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritish to'g'risidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan elektron shaklda bojxona organlarining axborot tizimi orqali bojxona organiga beriladi.
Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritish to'g'risidagi arizada quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak:
huquq egasi yoki uning vakolatli vakili to'g'risidagi, uning nomini, rekvizitlarini, shuningdek, agar mavjud bo'lsa, elektron pochta manzilini ko'rsatgan holda;
huquq egasi yoki uning vakolatli vakili himoya qilish to'g'risida murojaat etayotgan intellektual mulk ob'yektining tavsifi;
vakolatli organ tomonidan berilgan intellektual mulk ob'yektiga bo'lgan huquqlarning amal qilish muddati haqidagi;
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi kodi va intellektual mulk ob'yektini o'z ichiga olgan tovarning nomi to'g'risidagi;
intellektual mulk ob'yektini ishlab chiqaruvchi haqidagi (nomi, manzili, telefon raqami, pochta manzili);
huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar to'g'risidagi;
intellektual mulk ob'yekti Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga qaysi muddatga kiritilayotgan bo'lsa, o'sha muddat haqidagi, lekin bu muddat intellektual mulk ob'yekti ushbu reyestrga kiritilgan kundan e'tiboran uch yildan ko'p bo'lmasligi kerak;
himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan intellektual mulk ob'yektlari mavjud bo'lgan tovarlarning tavsifi (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, mahsulotlarning pasportlari va boshqa ma'lumotlar).
Agar Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritish to'g'risidagi ariza vakil tomonidan berilsa, ushbu arizaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.
Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritish to'g'risidagi arizaga intellektual mulk ob'yektiga bo'lgan huquqlarning mavjudligi va mansubligini tasdiqlovchi mavjud hujjatlarning (patentning, guvohnomaning, litsenziya shartnomasining yoki boshqa hujjatlarning) huquq egasi tomonidan tasdiqlangan ko'chirma nusxalari ilova qilinadi.
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritilganidan keyin intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning himoya qilinishini ta'minlash uchun intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarini himoya qilib bojxona organlariga bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish bo'yicha choralar ko'rilishi uchun murojaat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn385-modda. Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun ariza
(385-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.