Bojxona kodeksi

386-modda. Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani ko'rib chiqish

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani u kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kundan ko'p bo'lmagan muddatda ko'rib chiqadi va mazkur reyestrga kiritish to'g'risida yoki kiritishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning to'g'riligini tekshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi vakolatli organlardan taqdim etilgan ma'lumotlarni tasdiqlovchi qo'shimcha axborot va hujjatlarni so'rab olishga haqli. O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi huquq egasiga yoki uning vakolatli vakiliga Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritilganligi to'g'risida yoki kiritish rad etilganligi haqida, rad etilishi sabablarini asoslantirgan holda xabar yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.