Bojxona kodeksi

388-modda. Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi ariza

(388-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan bojxona organlariga beriladi. Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi arizada quyidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak: himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan, intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarning tavsifi; huquq egasining fikricha, uning intellektual mulk ob'yektiga bo'lgan huquqlarini buzayotgan tovarlarning, bojxona organlari bunday tovarlarni aniqlay olishi uchun yetarlicha batafsil tavsifi, agar huquq egasi yoki uning vakolatli vakili shunday ma'lumotlarga ega bo'lsa; taxmin qilinayotgan huquqbuzarlikni aniqlashga ko'maklashadigan har qanday boshqa axborot (eksport qiluvchi, import qiluvchi yoki yukni qabul qiluvchi to'g'risidagi ma'lumotlar). Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi arizaga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish tufayli deklarantga yetkazilishi mumkin bo'lgan mulkiy zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi yozma shakldagi majburiyati ilova qilinadi. Mulkiy zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi majburiyatda har bir intellektual mulk ob'yekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi mablag'lar tegishli bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga o'tkazilganligi haqidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.