Bojxona organi intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqadi va tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risida yoki asoslantirilgan sabablarni ko'rsatgan holda uni rad etish haqida uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi, bu haqda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini xabardor qiladi.
Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rishni rad etish to'g'risidagi qaror ushbu bobga muvofiq huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan noto'g'ri ma'lumotlar taqdim qilingan, shuningdek ushbu Kodeksning 388-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan taqdirda qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn389-modda. Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish
(389-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.