Byudjet kodeksi

138-modda. Byudjetlararo o'zaro hisob-kitoblar

(138-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjetlararo o'zaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida byudjetlar parametrlari o'zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o'rtasida yuzaga keladigan o'zaro pul munosabatlaridir. Byudjetlararo o'zaro hisob-kitoblar: qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi; Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlarining prognozi aniqlashtirilganligi; byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning bo'ysunuvi o'zgarganda xarajatlar bir byudjetdan boshqa byudjetga o'tkazilganligi; kapital qo'yilmalar limitlari byudjetlar darajalari o'rtasida qayta taqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga keladi. Byudjetlararo o'zaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim bo'lgan summa yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organi tomonidan aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.