Byudjet kodeksi

138²-modda. Tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar

(138²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-660-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.12.2020 й., 03/20/660/1682-сон)

Tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar qaytarilmaslik sharti bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari xarajatlarining tegishli daromadlar prognozlaridan oshgan qismini qoplash uchun beriladi. Tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarning miqdorlari: O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga — Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga — Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari to'g'risidagi qarorlar tasdiqlanayotganda belgilanadi. Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunga muvofiq O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlarini, quyi turuvchi byudjetlarning daromadlari prognozlarining ijrosidan qat'i nazar, kamaytirishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.