Byudjet kodeksi

174-modda. O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati

(174-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонунига асосан ўнинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi: O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasini va o'rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalarini ekspertizadan o'tkazishni; qabul qilinayotgan davlat dasturlari va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta'minlanganligi auditini; byudjet tizimi byudjetlariga hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg'armalarga mablag'lar tushumining to'liqligini o'rganish va nazorat qilishni; byudjet tizimi byudjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg'armalarning daromadlarini ko'paytirish zaxiralarini aniqlash va safarbar qilishni; byudjet tizimi byudjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg'armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligini va qonuniyligini auditdan o'tkazishni, barcha darajalarda ularni qisqartirish bo'yicha imkoniyatlarni aniqlashni; byudjet tizimi byudjetlari mablag'lari va davlatdan qarz olish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligini va asosliligini baholashni; soliq, bojxona va byudjet to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishni, byudjetga oid rejalashtirishning zamonaviy usullarini tizimli qoidabuzarliklarning sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish va o'rganish orqali joriy etishni; O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari o'rtasidagi nisbat maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadga oid vakolatlari va xarajatlarga doir majburiyatlari chegaralanishining to'g'riligini baholashni, ularning moliyaviy jihatdan o'zini o'zi ta'minlashi yuzasidan takliflar ishlab chiqishni; O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining yillik hisobotni, shuningdek Davlat byudjetining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to'qqiz oylik ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotlarni tashqi auditdan o'tkazishni hamda baholashni; O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining byudjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni; O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag'lardan to'g'ri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni; davlat xaridlari to'g'risidagi qonunchilik talablarining to'g'ri qo'llanilishi ustidan nazoratni; O'zbekiston Respublikasi pul-kredit va valyuta siyosatining, O'zbekiston Respublikasi aktivlari va majburiyatlari holatining, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarishning, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tashqi auditini amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.