O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlari o'z vakolatlari doirasida.
quyi turuvchi iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan byudjet to'g'risidagi qonunchilik ijrosining ta'minlanishi ustidan;
ijtimoiy nafaqalar va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanishi hamda o'z vaqtida to'lanishi ustidan;
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar tomonidan smeta-shtat intizomiga rioya etilishining ta'minlanishi ustidan;
aktsiz solig'i to'g'ri hisoblanishi va o'z vaqtida to'lanishi ustidan;
aktsiz to'lanadigan ayrim turdagi tovarlarning aktsiz markalari bilan to'liq tamg'alanishi va olingan aktsiz markalari sonining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga muvofiqligi ustidan;
byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning, shuningdek quyi turuvchi hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan byudjet hisobotini tuzishning to'g'riligi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn175-modda. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
(175-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.