30 kungacha vaqtincha ro'yxatga olish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar «E-mehmon» dasturi orqali turistik yig'imni (mehmonxona yig'imini) to'laydilar va unga quyidagi ma'lumotlarni kiritadilar:
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar vaqtincha ro'yxatga olinadigan manzil va uy-joy mulkdori (mulkdorlari) to'g'risidagi ma'lumotlar (familiyasi, ismi, otasini ismi, tug'ilgan sanasi, ko'chmas mulkning kadastr raqami, telefon raqami);
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar (familiyasi, ismi, otasini ismi (mavjud bo'lsa), tug'ilgan sanasi, kelishdan maqsadi, viza turi, berilgan sanasi va amal qilish muddati, milliy pasport yoki harakatlanish hujjatining seriya va raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati).
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
16-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 16-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.