Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

17-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 17-band

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni 30 kungacha va undan ortiq muddatga vaqtincha ro'yxatga olish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslar hududiy MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: milliy pasport yoki harakatlanish hujjati; kadastr hujjatlarining (kadastr pasporti, ko'chmas mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning davlat reyestridan ko'chirma) asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi); uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) yozma arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo'lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar mehnat faoliyati bilan shug'ullansa, qabul qiluvchi yuridik shaxsning mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilangan shakldagi talabnomasi; investitsiya loyihasini amalga oshirish haqidagi ma'lumotlar — xorijiy investorlar, ular tomonidan chet el fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislar va ularning oila a'zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari) uchun investitsiya loyihasi viloyat hududida amalga oshirilgan taqdirda; «Faxriy fuqaro» maqomini berish to'g'risidagi guvohnoma — «Faxriy fuqaro» maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, shuningdek, ularning oila a'zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari) uchun; Maxsus soliq rejimi berilgani to'g'risida guvohnoma — maxsus soliq rejimi qo'llanilgan chet el fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, tug'ishgan va o'gay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan, farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, nevaralari, shuningdek, erining (xotinining) ota-onasi) uchun. 30 kungacha vaqtincha ro'yxatga olinganlik uchun turistik (mehmonxona) yig'imi, 30 kundan ortiq vaqtincha ro'yxatga olinganlik uchun esa «Davlat boji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Davlat bojlari stavkalarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.