Xorijiy investorlarni, ular tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar orasidan jalb etiladigan mutaxassislarni va ularning oila a'zolarini (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlarini vaqtincha ro'yxatga olish xorijiy investorlar tomonidan ushbu hududda investitsiya loyihasi amalga oshirilgan hollarda, vizaning amal qilish muddatiga (ular uchun xalqaro shartnomalar asosida vizasiz rejim o'rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun — doimiy yashash joyidan ro'yxatdan chiqishni talab etmasdan 1 yil muddatga) amalga oshiriladi. Ularni vaqtincha ro'yxatga olishda MvaFRB tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq berilgan qayd varag'ining belgilangan bandiga «INVESTOR» so'zi yoziladi.
Mazkur toifadagi qayd varag'i chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga respublikaning boshqa hududlarida vaqtincha ro'yxatga olinmasdan bo'lish va yashash huquqini beradi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
22-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 22-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.