«Vatandosh» kartasiga ega chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha ro'yxatga olish «Vatandosh» kartasining amal qilish muddatiga amalga oshiriladi.
«Vatandosh» kartasi egalarining oila a'zolari (ota-onasi, eri (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari)ni vaqtincha ro'yxatga olish taqdim etilgan vizaning amal qilish muddatiga (ular uchun xalqaro shartnomalar asosida vizasiz rejim o'rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun — «Vatandosh» kartasi egasining vaqtincha ro'yxatga olingan muddatiga) amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
22¹-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 22¹-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.