Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

29-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 29-band

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan chet el fuqarolarining diplomatik pasportlari joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida mazkur Nizomga muvofiq vaqtincha ro'yxatga olinishi lozim. O'zbekiston Respublikasidagi diplomatik korpusning belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, milliy pasport yoki akkreditatsiya kartochkasi asosida joylashtirish vositalarida yashayotgan va davolash muassasasida bo'lgan a'zolari joylashtirish vositalarining va davolash muassasalarining hisobga olish daftarlari va kartochkalari bo'yicha pasportlar va akkreditatsiya kartochkalariga belgi qo'ymasdan vaqtincha ro'yxatga olinadilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.