Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

3-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 3-band

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnat, xizmat, ta'lim olish, davolanish, ziyorat, dam olish maqsadida hamda investor, «faxriy fuqaro», vatandosh, sayyoh, ishbilarmon, xususiy mehmon sifatida yoki sport, madaniyat yo'nalishida vaqtincha bo'lishlari mumkin. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalari (keyingi o'rinlarda — MvaFRB), joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalari orqali vaqtincha ro'yxatga olinadilar. Vaqtincha ro'yxatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqami ro'yxatga olingan hududiy MvaFRB tomonidan ularning yozma murojaatlariga asosan beriladi. Vaqtincha ro'yxatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ro'yxatga olingan joylarida yashashlari lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.