Yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni respublikaning boshqa hududlarida vaqtincha ro'yxatga olishi doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxati bekor qilinmagan holda, kelgan joyi bo'yicha uch kundan olti oygacha bo'lgan muddatga amalga oshiriladi.
Investor sifatida doimiy yashashga ruxsatnoma olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning boshqa hududlarda vaqtincha ro'yxatga olinishi talab etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
36-band. 3-bob. Yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishi tartibi — 36-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.