Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

37-band. 3-bob. Yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishi tartibi — 37-band

Joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalariga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha ro'yxatga olish ular kelib joylashgandan keyin ushbu vositalar va muassasalarning ma'muriyati tomonidan yashash guvohnomasi yoki ID-karta yoxud harakatlanish hujjati asosida amalga oshiriladi. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas'ul shaxslari kelganlar haqidagi axborotni ular joylashgan vaqtning o'zida «E-mehmon» dasturiga kiritadilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.