Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

38-band. 3-bob. Yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishi tartibi — 38-band

Yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar vaqtincha ro'yxatga olinish uchun boshqa hududga kelgan kunidan boshlab uch ish kunida hududiy MvaFRBga murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: yashash guvohnomasi yoki ID-karta yoxud harakatlanish hujjati; tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma — 16 yoshga to'lmagan shaxslar uchun (agar fuqaro xorijda tug'ilgan bo'lsa); kadastr hujjatlarining (kadastr pasporti, ko'chmas mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning davlat reyestridan ko'chirma) asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi); uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to'g'risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo'lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); agar chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs mehnat faoliyati bilan shug'ullansa, yuridik shaxsning mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq belgilangan shakldagi talabnomasi. Vaqtincha ro'yxatga olinganlik uchun «Davlat boji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Davlat bojlari stavkalarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.