Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.
Bosqichlar Sub'yektlar Tadbirlar Ijro muddatlari 1-bosqich Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs 30 kungacha muddatga vaqtincha ro'yxatdan o'tish o'z xoxshiga ko'ra quyidagi tartibda amalga oshiriladi: joylashtirish vositalariga murojaat qiladi; davolash muassasalariga murojaat qiladi; taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslartomonidan mobil telefoni yoki planshet yordamida murojaat qiladi; taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslartomonidan tuman (shahar) MvaFRB bo'linmalariga belgilangan tartibda ariza va boshqa hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qiladi. O'zbekiston Respublikasi hududiga kelganidan so'ng3 ish kuni muddatda 30 kundan ortiq muddatga vaqtincha ro'yxatdan o'tish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslartomonidan tuman (shahar) MvaFRB bo'linmalariga belgilangan tartibda ariza va boshqa hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qiladi; Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qiladi. 2-bosqich Joylashtirish vositalari ma'muriyati «E-mehmon» dasturiga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritadi. Murojaat qilgan vaqtning o'zida Davolash muassasalari ma'muriyati «E-mehmon» dasturiga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritadi. Murojaat qilgan vaqtning o'zida Taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar Mobil telefoni yoki planshet yordamida «E-mehmon» dasturiga quyidagi ma'lumotlarni kiritib vaqtincha ro'yxatni rasmiylashtiradi: manzil va uy-joy mulkdori (mulkdorlari) to'g'risidagi ma'lumotlar; chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar. Real vaqt rejimida Tuman (shahar) MvaFRB bo'linmalari Taqdim etilgan hujjatlarni o'rganib chiqib rasmiylashtirganidan keyin chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlarni «E-mehmon» dasturiga kiritadi. Bir ish kunida Tashqi ishlar vazirligi Akkreditatsiya kartochkasini berish masalasini ko'rib chiqadi. 10 ish kunida 3-bosqich Joylashtirish vositalari ma'muriyati QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag'i rasmiylashtirib beradi. Murojaat qilgan vaqtning o'zida Davolash muassasalari ma'muriyati QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag'i rasmiylashtirib beradi. Murojaat qilgan vaqtning o'zida Tuman (shahar) MvaFRB bo'linmalari Taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslarga QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag'ini rasmiylashtirib beradi. Real vaqt rejimida Tashqi ishlar vazirligi Akkreditatsiya kartochkasini rasmiylashtirib beradi. 1 ishkunida
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
53-band. 4-bob. Yakunlovchi qoidalar — 53-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.