O'zbekiston Respublikasida bo'lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar yonida pasport yoki harakatlanish hujjati bo'lishi hamda ular bu hujjatlarni vakolatli organlar vakillarining talabiga muvofiq taqdim etishlari shart.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar milliy pasport yoki harakatlanish hujjati yo'qolganligi haqida qabul qiluvchi tashkilotga va ichki ishlar organlariga darhol xabar qilishlari lozim.
Sayyohlarning hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibda tekshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
6-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 6-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.