Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I2-22-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashashga ruxsatnoma berish tartibi — I2-22-band

Hujjatlar qabul qilib olinganidan keyin MvaFRB rahbari o'z rezolyutsiyasida ariza beruvchini Ro'yxatning qaysi bandiga asosan doimiy yashashga ruxsatnoma olish mumkinligini ko'rsatadi, o'n ish kunida ularni rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaxsiga oid ma'lumotlarni bazadan tekshiradi. Ro'yxatning 9-bandiga bandiga mansub chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs murojaat qilganda, kiritilgan investitsiyalar haqidagi ma'lumotlarni tekshiradi. IIV Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazidan ariza beruvchiga doir ma'lumotlarni so'rab oladi hamda hujjatlarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi o'rinlarda — QR IIV MvaFRB) yoki viloyat ichki ishlar boshqarmasining MvaFRBga (keyingi o'rinlarda — IIB MvaFRB) elektron tizim orqali yuboradi, ular taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida tekshiradi va ariza beruvchi haqidagi ma'lumotlarni tegishli vakolatli organga elektron tizim orqali yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.