Vakolatli organ yigirma ish kunida ma'lumotlarni o'rganadi va tegishli tartibda elektron tizim orqali javob yuboradi. QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB tegishli vakolatli organning ijobiy fikri olingan kundan boshlab o'n besh ish kunida O'zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (keyingi o'rinlarda — IIV MvaFRBB) asoslantirilgan javob xatini olish, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy ro'yxatga olish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari tomonidan imzolangan xulosani tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni IIV MvaFRBBga nazorat tartibida ko'rib chiqish uchun elektron tizim orqali yuboradi, Ro'yxatning 9-bandi va Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
IIV MvaFRBB hujjatlarni o'rganish jarayonida ariza beruvchining shaxsini, boshqa davlat fuqaroligiga mansubligini aniqlash maqsadida xalqaro shartnoma mavjud bo'lgan xorijiy davlatning vakolatli organiga so'rovnoma yuborishi mumkin. Xalqaro shartnoma mavjud bo'lmagan taqdirda, so'rovnoma IIV tomonidan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali yuboriladi.
IIV MvaFRBB tegishli hujjatlar kelib tushgan (so'rovnomaga javob olingan) kundan boshlab o'n besh ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish yoki rasmiylashtirishni rad etish yuzasidan asoslantirilgan javob xati IIV MvaFRBB boshlig'i yoki o'rinbosari tomonidan imzolanadi hamda hujjatlarni QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I2-23-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashashga ruxsatnoma berish tartibi — I2-23-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.