Ota-onalari bo'lmagan voyaga yetmagan tug'ishgan aka-ukalar va opa-singillar shuningdek, mehnatga qobiliyatsiz bo'lgan hamda o'z oilasi bo'lmagan voyaga yetgan tug'ishgan aka-uka va opa-singillar — o'zlarining tug'ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy ro'yxatga olingan uy-joy maydoniga (Ro'yxatning 5-bandi) respublikaning boshqa hududlaridan kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs doimiy ro'yxatga olish uchun MvaFRBga mazkur Nizomning 50-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tug'ilganlik to'g'risida guvohnoma (agar fuqaro xorijda tug'ilgan bo'lsa, nusxasi olinib, asli qaytariladi);
ota-onasining o'limi haqidagi guvohnoma (agar fuqarolar xorijda vafot etgan bo'lsa) yoki ota-onasini o'lgan deb e'lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori nusxasi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I3-55-band. 3-bob. Respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatga olish tartibi — I3-55-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.