Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I3-56-band. 3-bob. Respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatga olish tartibi — I3-56-band

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, xo'jalik birlashmalariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etiladigan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisosdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko'ra, shuningdek, ularning oila a'zolari (eri, xotini va o'z oilasi bo'lmagan farzandlari) (Ro'yxatning 6-bandi) bo'lgan, respublikaning boshqa hududlaridan kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs doimiy ro'yxatga olish uchun MvaFRBga mazkur Nizomning 50-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to'g'risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo'lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); nikoh tuzilganlik, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar (agar hujjatlar xorijda rasmiylashtirilgan bo'lsa, nusxalari olinib, asli qaytariladi); tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, xo'jalik birlashmasi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq pochta yoki feld'yegerlik xizmati orqali yuboriladigan iltimosnomasi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.