Chet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)

6-band. I. umumiy qoidalar — 6-band

Ko'p marta foydalaniladigan vizalar uch yilgacha muddatga vakolatli organ tomonidan chet el fuqarolarining quyidagi toifalariga va ularning oila a'zolariga beriladi: a) vakolatxona xodimining akkreditatsiya qilinganini tasdiqlovchi hujjatlari bo'lgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi akkreditatsiya qilingan firmalar va kompaniyalar doimiy vakolatxonalari xodimlariga beriladi. Viza xorijiy firma yoki kompaniyaning doimiy vakolatxonasi iltimosnomasi asosida beriladi; b) chet el fuqarosining xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti shtatiga kiritilganini tasdiqlovchi hujjatlari bo'lgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasida ro'yxatga olingan xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti xodimlariga beriladi. Viza xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotining iltimosnomasi asosida beriladi; v) O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tkazilgan yoki akkreditatsiya qilingan qo'shma korxonalar va 100 foiz xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar xodimlariga ular O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan berilgan O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomani olganlaridan so'ng, agar ikki tomonlama va ko'p tomonlama hukumatlararo Bitimlar bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, beriladi. Viza korxona iltimosnomasi asosida beriladi; g) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga vizalar O'zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va xo'jalik birlashmalari rahbarlarining iltimosnomalari asosida beriladi. d) xorijiy investitsiyali korxonalarning muassislari (ishtirokchilari) va ularning oila a'zolari uchun.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.