«IT-visa» va investitsiya vizasi elektron bo'lmagan shaklda berilgan ishbilarmonlik kirish vizasi, mehmon vizasi va vatandoshlar uchun kirish vizasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolariga vakolatli organ tomonidan beriladi va uzaytiriladi.
Chet el fuqarosi O'zbekiston Respublikasiga «IT-visa» va investitsiya vizasi bilan kelgan taqdirda, uning muddati vakolatli organ tomonidan uzaytiriladi.
Chet el fuqarosi «IT-visa» va investitsiya vizasini olish uchun vakolatli organga belgilangan shakldagi talabnoma bilan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
a) «IT-visa»ni olish uchun — IT-park direktsiyasining tavsiyasi. Mazkur tavsiyada «IT-visa»ning amal qilish muddati ko'rsatiladi;
b) investitsiya vizasini olish uchun — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonasidan iltimosnomani, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar to'g'risidagi tegishli ma'lumotnomalardan biri va milliy pasportini ko'rsatgan holda.
Ma'lumotnoma:
«Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» davlat korxonasi tomonidan — xo'jalik jamiyatlarining sotib olingan aktsiyalari miqdori to'g'risida;
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xo'jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi to'g'risida beriladi.
«IT-visa» va investitsiya vizasini olgan xorijiy fuqaro rasmiylashtirilgan vizani «IT-visa» yoki investitsiya vizasi amal qilishining qolgan muddati uchun fuqaroligi bo'lmagan shaxsning yangi (almashtirishda) milliy pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirish uchun vaqtincha yashash joyi bo'yicha vakolatli organga murojaat qilishga haqlidir.
«IT-visa»ni olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish bo'yicha hujjatlarni ko'rib chiqish va chet el fuqaroga rasmiylashtirish muddati 3 sutkadan oshmasligi kerak.
O'zbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlari va mutaxassislariga, shuningdek, IT-park rezidentlarining ta'sischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning o'rinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi bo'lgan startap loyihalar ta'sischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy ta'lim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo'lgan xorijlik professor-o'qituvchilariga O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan beriladigan, amal qilish muddati uch yilgacha bo'lgan ko'p martalik «IT-visa» o'rniga IT-park direktsiyasi tomonidan tavsiyanoma beriladi. Bunday tavsiyanoma «IT-visa»ra tenglashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)
6²-band. I. umumiy qoidalar — 6²-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.