Chet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)

6³-band. I. umumiy qoidalar — 6³-band

Investitsiya vizasi berilganidan keyin O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi hisobni va tegishli reyestrni yuritish uchun O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va «Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» davlat korxonasiga har oyda tegishli ma'lumotlarni yuboradi. Ishtirokchilar ulushlari o'zgarganligi bilan bog'liq ustav hujjatlarini qayta ro'yxatdan o'tkazishda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va «Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» davlat korxonasi keyinchalik investitsiya vizasining amal qilish muddatini qisqartirish yoki bekor qilish masalasini ko'rib chiqish uchun uch kun muddatda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ma'lumot yuboradi. «IT-visa» berilganidan keyin O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi hisobni hamda tegishli reyestrni yuritish uchun IT-park direktsiyasiga har oyda tegishli ma'lumotlarni yuboradi. «IT-visa»ning amal qilish muddatini qisqartirish yoki bekor qilish IT-park direktsiyasining xabarnomasiga binoan amalga oshiriladi. Bunda, IT-park direktsiyasi uch kun muddatda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ma'lumot yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.