«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun

7-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari

(7-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: vazirliklarning va boshqa davlat boshqaruvi organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi; davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilishini o'z vakolatlari doirasida ta'minlaydi hamda ularni tasdiqlaydi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.