«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun

42-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko'rib chiqishni tugatish

Quyidagi holatlar O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko'rib chiqishni tugatish asoslari hisoblanadi: a) shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog'liq bo'lgan uning mulkiy majburiyatlari mavjudligi; b) shaxsning qidiruvda ekanligi; v) agar shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan, sudlangan va jazoni o'tayotgan bo'lsa; g) shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi lozim bo'lgan sud hukmining mavjudligi; d) bila turib yolg'on ma'lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etganlik; ye) O'zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi manfaatlariga zidlik; j) shaxsning vafot etganligi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko'rib chiqish tugatilganligi to'g'risida ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi arizachini yoki uning qonuniy vakilini O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko'rib chiqish tugatilganligi sabablarini ko'rsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi. Ushbu modda birinchi qismining «a», «b», «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, shaxs ichki ishlar organiga yoki konsullik muassasasiga qayta murojaat qilish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko'rib chiqish tugatilgan taqdirda to'langan davlat boji yoki konsullik yig'imi qaytarib berilmaydi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo'yicha takroriy murojaat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko'rib chiqishni tugatish haqida qaror qabul qilganidan so'ng bir yil o'tgach ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan qabul qilinadi. Ariza beruvchiga ma'lum bo'lmagan va ma'lum bo'lishi mumkin bo'lmagan yangi holatlar yuzaga kelgan taqdirda, takroriy iltimosnoma ko'rsatilgan muddatdan oldin ham ko'rib chiqilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.