«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun

43-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash

(43-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 июндаги ЎРҚ-696-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.06.2021 й., 03/21/696/0553-сон)

Shaxsning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash to'g'risidagi ariza uning doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashayotgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga beriladi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash shaxsning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash to'g'risidagi arizasi va arizaga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash O'zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning vakolatli organi so'rovi bo'yicha ham amalga oshirilishi mumkin. Ariza beruvchida uning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lganda ariza beruvchiga O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi yoxud O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi. Ariza beruvchida zarur hujjatlar mavjud bo'lmagan taqdirda, shuningdek ariza beruvchining O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligiga nisbatan shubha paydo bo'lganda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tekshiruv o'tkazish uchun tegishli davlat organlariga so'rovnoma yuboradi. Tekshiruv yakunlari bo'yicha xulosa chiqariladi. O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ushbu Qonun 5, 6, 13 — 16 va 32 — 36-moddalarining talablari buzilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ichki ishlar organining xulosasiga asosan olib qo'yiladi. O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi olib qo'yilayotgan shaxs mazkur xulosadan norozi bo'lgan taqdirda, u o'zining O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi to'g'risidagi masalani hal etish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Ushbu moddaning to'rtinchi va beshinchi qismlarida ko'rsatilgan xulosalar tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.