Havo kodeksi

13-modda. Aloqani tashkil etish

(13-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)

Samoviy hududdan foydalanishdan manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar Aviatsiya ma'muriyati, Mudofaa vazirligining tegishli organlari bilan, samoviy hududdan havo kemalarining parvozi uchun foydalanilgan taqdirda esa, O'zbekiston Respublikasi havo hujumidan mudofaa organlari bilan ham aloqa kanallari tashkil qilishga majburdirlar. Aloqa korxonalari foydalanuvchilarga zarur aloqa kanallarini va vositalarini ijaraga beradilar. Xizmatga berilgan aloqa kanallari va vositalari ishdan chiqqan taqdirda ular belgilangan tartibda boshqa aloqa kanallari va vositalari bilan almashtirilishi lozim. Umumiy foydalanishdagi barcha xalqaro va shaharlararo telefonlar hamda telegrafni O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining korxonalari o'rnatadilar va ishlatadilar. Xalqaro va shaharlararo telefon va telegraf orqali aloqa bog'lash imkoniyati favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotganda hamda yordam ko'rsatilayotganda birinchi galda beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.