O'zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlari ekspluatant sertifikati asosida xorijiy ekspluatantlar, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan bajarilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o'z xususiy havo kemalaridan, shu jumladan tegishli xorijiy davlatda ro'yxatdan o'tkazilgan havo kemalaridan yoki O'zbekiston Respublikasining ijaraga olingan havo kemalaridan foydalanishlari mumkin. O'zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlarini bajaruvchi xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli qoidalari tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matn130-modda. Xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan aviatsiya ishlarining bajarilishi
(130-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2013 йил 30 апрелдаги ЎРҚ-352-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2013 й., 18-сон, 233-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.