Havo kodeksi

23-modda. O'zbekiston Respublikasi aviatsiyasi tarkibi

(23-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

O'zbekiston Respublikasi aviatsiyasi eksperimental, davlat va fuqaro aviatsiyasiga bo'linadi. Aviatsiya va boshqa texnika sohasida tajriba-konstruktorlik, eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlari hamda sinovlari uchun mo'ljallangan aviatsiya eksperimental aviatsiya hisoblanadi. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tasarrufidagi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufidagi aviatsiya davlat aviatsiyasi hisoblanadi. Eksperimental va davlat aviatsiyasi tarkibiga kirmagan aviatsiya fuqaro aviatsiyasi hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.