Fuqaro aviatsiyasidan:
a) yo'lovchilar, ularning qo'l yuklari, yuklar va pochta (havo transportida tashiladigan) tashish;
b) aviatsiya ishlarini bajarish;
v) o'quv, sport, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni o'tkazish, texnikaviy ijodkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
g) favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududlarga avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun kuchlar va asbob-uskunalarni, shuningdek zarar ko'rganlarga yordam ko'rsatish uchun yuklarni yetkazib berish maqsadlarida foydalaniladi.
Qayd etib o'tilgan maqsadlarda pulli va kira qilish tarzida foydalaniladigan fuqaro aviatsiyasi tijorat aviatsiyasi deb e'tirof etiladi.
Qayd etib o'tilgan maqsadlarda bepul hamda yollanmay foydalaniladigan fuqaro aviatsiyasi umumiy ahamiyatdagi aviatsiya deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matn24-modda. Fuqaro aviatsiyasi
(24-модда биринчи қисмининг «в» кичик банди Ўзбекистон Республикасининг 1997 йил 26 декабрдаги 549-I-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 1998 й., 3-сон, 38-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.