Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi ishlar arizachi va boshqa manfaatdor shaxslar ishtirokida ko'riladi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktni aniqlash to'g'risidagi hal qiluv qarori o'z huquqlariga daxldor bo'lishi mumkin bo'lgan manfaatdor shaxslar doirasini aniqlaydi, ish yuritish to'g'risida ushbu shaxslarni xabardor qiladi, ularni ishda ishtirok etish uchun jalb qilish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqadi, sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida xabar qiladi.
Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktni aniqlash to'g'risidagi ishni ko'rishda sud qonunchilikda ushbu faktni aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan-tutilmaganligini, arizachida zarur hujjatlarni olish yoki tiklash uchun boshqa imkoniyat bo'lgan-bo'lmaganligini tekshiradi, arizachi iqtisodiyot sohasida faoliyatni amalga oshirishi munosabati bilan ushbu fakt uning uchun yuridik ahamiyatga ega bo'lgan oqibatlarni keltirib chiqarishini yoki chiqarmasligini belgilaydi, talab etilayotgan faktning aniqlanishi boshqa shaxslarning huquqlariga ta'sir etishi yoki etmasligini, huquq to'g'risida nizo kelib chiqqan-chiqmaganligini aniqlaydi.
Agar yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktni aniqlash to'g'risidagi ish bo'yicha sud muhokamasida huquq to'g'risida nizo kelib chiqqanligi aniqlansa, sud yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktni aniqlash to'g'risidagi arizani ko'rmasdan qoldiradi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Ajrimda arizachiga va ish bo'yicha boshqa manfaatdor shaxslarga ularning sudga da'vo tartibida murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
lex.uz’dagi asl matn208-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud muhokamasining xususiyatlari
(208-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.