Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktni aniqlash to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida belgilangan qoidalarga ko'ra sud tomonidan qabul qilinadi.
Sud tomonidan yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktni aniqlash to'g'risidagi ariza qanoatlantirilganda, hal qiluv qarorining xulosa qismida aniqlangan fakt bayon etiladi.
Sudning yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktni aniqlash to'g'risidagi hal qiluv qarori tegishli organlar tomonidan shunday faktni qayd etish uchun yoki aniqlangan fakt munosabati bilan yuzaga keladigan huquqlarni rasmiylashtirish uchun asos bo'ladi va ushbu organlar tomonidan beriladigan hujjatlarning o'rniga o'tmaydi.
lex.uz’dagi asl matn209-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktni aniqlash to'g'risidagi ish bo'yicha sudning hal qiluv qarori
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.