Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi yoki tarjimon quyidagi hollarda ishni ko'rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo'lsa;
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo'lsa yoxud uning xolisligiga shubha tug'diruvchi boshqa holatlar mavjud bo'lsa.
Ekspertni va mutaxassisni rad qilish uchun quyidagilar ham asos bo'ladi:
1) uning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yoki ularning vakillariga ishning muhokamasi paytida yoki o'tmishda xizmat vazifasi yuzasidan yoxud boshqa jihatdan tobe bo'lganligi;
2) u o'tkazgan taftish materiallari sudga murojaat qilish uchun asos yoki sabab bo'lib xizmat qilgan bo'lsa yoxud ishni ko'rishda ulardan foydalanilayotgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn21-modda. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini va tarjimonni rad qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.