Iqtisodiy protsessual kodeksi

221-modda. Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ish bo'yicha sud muhokamasi

(221-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ish ishni sud muhokamasiga tayyorlash to'g'risidagi ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran o'n besh kundan ortiq bo'lmagan muddatda ko'rib chiqilishi kerak, bundan ariza sudga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan so'ng ko'riladigan moliyaviy sanktsiyalarni qo'llash to'g'risidagi ishlar mustasno. Sud huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ish ko'rib chiqilayotganda sud majlisida: huquqbuzarlik hodisasi bo'lgan-bo'lmaganligini va uning sodir etilganligi faktini; tekshirish uchun va tekshirish natijalari bo'yicha dalolatnoma yoki boshqa hujjat tuzish uchun asoslar va nazorat qiluvchi organning vakolatlari bor-yo'qligini; mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan-tutilmaganligini va huquqiy ta'sir chorasini qo'llash uchun asoslar bor-yo'qligini aniqlaydi. Moliyaviy sanktsiyalarni qo'llash to'g'risidagi ish ko'rib chiqilayotganda sud moliyaviy sanktsiyalar summasining hisob-kitobi qanchalik to'g'riligini ham tekshiradi. Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ish bo'yicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.