Iqtisodiy protsessual kodeksi

222-modda. Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarori

(222-модда учинчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1099-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1099/1104-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)

Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ish bo'yicha sudning hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida belgilangan qoidalarga ko'ra sud tomonidan qabul qilinadi. Ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sud huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risida yoki bildirilgan talabni qanoatlantirishni rad etish to'g'risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risida bildirilgan talab qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) huquqiy ta'sir chorasi qo'llanilgan shaxsning nomi; 2) huquqiy ta'sir chorasini qo'llash uchun asos bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar; 3) qo'llanilgan huquqiy ta'sir chorasining turi, moliyaviy jazo chorasi qo'llanilgan taqdirda esa — uning miqdori; zimmasiga moliyaviy jazo chorasi summasini undirish yuklatilgan nazorat qiluvchi organning nomi; 4) faoliyat cheklanadigan, to'xtatib turiladigan va taqiqlanadigan muddat; litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishi to'xtatib turiladigan muddat; amal qilishi to'xtatib turilgan litsenziyaning (ruxsatnomaning), shuningdek bekor qilingan litsenziyaning (ruxsatnomaning) hamda tugatilgan, xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakat) uchun olingan tasdiqnomaning nomi, raqami, berilgan sanasi va boshqa rekvizitlari haqidagi hamda litsenziyani (ruxsatnomani) bergan, xabardor qilingan organ to'g'risidagi ma'lumotlar; faoliyat qanday shartlar bajarilguniga qadar cheklanayotganligi, to'xtatib turilayotganligi va taqiqlanayotganligi; banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalar qanday shartlar bajarilguniga qadar to'xtatib qo'yilganligi. Sudning huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo'lsa, u qabul qilinganidan keyin o'n kun o'tgach qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda sudning hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo'lsa, apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi. Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarorining ko'chirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo'lgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.